Global Korea Scholarship: Janubiy Koreyada bepul o‘qish

Janubiy Koreyada bakalavr bosqichini to‘liq moliyalashtiriladigan Global Korea Scholarship (GKS) dasturi orqali o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiriting. Batafsil ma’lumot.

65
Global Korea Scholarship: Janubiy Koreyada bepul o‘qish

Global Korea Scholarship (GKS) nima?

Global Korea Scholarship — bu xalqaro talabalar uchun Janubiy Koreya universitetlarida bakalavr bosqichini to‘liq moliyalashtiriladigan grant dasturi. Dastur nafaqat kontrakt to‘lovlarini, balki yo‘l, yashash, turar joy va oziq-ovqat xarajatlarini ham qoplaydi. 4 yillik ta’limga qo‘shimcha ravishda 1 yillik koreys tili kurslari ham bepul taqdim etiladi.

GKS grant dasturi turlari

Dastur ikki asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi:

  • Embassy Track: Har yili 67 ta davlatdan 125 nafar talaba uchun ajratilgan grant.
  • University Track: 72 ta davlatdan jami 60 nafar talaba uchun, asosan Natural Science va Engineering yo‘nalishlari bo‘yicha.

Agar siz abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar izlayotgan bo‘lsangiz, bizning saytimizdagi yangiliklarni kuzatib boring.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

  • Nomzodlar va ularning ota-onasi Koreya fuqarosi bo‘lmasligi kerak;
  • 25 yoshdan kichik bo‘lishi (1996-yil 1-martdan keyin tug‘ilgan);
  • Maktab, kollej yoki litseyni a’lo baholar bilan tamomlagan bo‘lishi;
  • Tibbiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi shart.

Talablar haqida batafsil ma’lumotni rasmiy sayt orqali bilib olishingiz mumkin.

Grant imtiyozlari

  • Aviachipta xarajatlari;
  • Bir martalik joylashib olish to‘lovi (200,000 KRW);
  • Oylik stipendiya (900,000 KRW);
  • Til darajasiga qarab qo‘shimcha stipendiyalar va mukofotlar;
  • Kontrakt to‘lovi va tibbiy sug‘urta to‘liq qoplanadi.

Kerakli hujjatlar

Barcha hujjatlar ingliz yoki koreys tilida taqdim etilishi lozim:

  • To‘ldirilgan ariza shakli va shaxsiy bayonot (Personal Statement);
  • O‘qish rejalari (Study plan);
  • Tavsiyanoma va tibbiy ma’lumotnoma;
  • Pasport nusxasi;
  • Diplom yoki attestat;
  • Til bilish sertifikati.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun talabalar uchun ajratilgan bo‘limimizga tashrif buyuring.

Eslatma: Ariza topshirish muddatlari universitet va bo‘limlarga qarab farq qiladi. Ariza topshirish uchun ushbu havola orqali o‘ting.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar