Shveytsariya: Lozanna universitetida grant asosida o’qish

Shveytsariyaning Lozanna universitetida (UNIL) magistratura bosqichida o’qish va $1800 oylik stipendiya olish imkoniyati. Batafsil shartlar va talablar bilan tanishing.

3
Shveytsariya: Lozanna universitetida grant asosida o’qish

Shveytsariya: Lozanna universitetida magistratura uchun grant

Shveytsariyaning nufuzli Lozanna universiteti (UNIL) xalqaro talabalar uchun magistratura bosqichiga grant dasturi boshlanganini e'lon qildi. Bu talabalar uchun o'z bilimlarini xalqaro darajada oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Dastur tafsilotlari va imtiyozlar

Har yili eng iqtidorli 10 nafar talaba kontrakt to'lovidan ozod etiladi (har semestrdagi 80 CHF to'lov bundan mustasno) va oylik stipendiya bilan ta'minlanadi. Nomzodlardan a'lo o'qish va darslarni mukammal o'zlashtirish talab etiladi.

Dasturga ariza qabul qilinmaydigan yo'nalishlar:

  • Master from the School of Medicine;
  • Master of education;
  • Master of Law from the Universities of Zurich and Lausanne;
  • Master of criminal Law, magistracy specialism;
  • Master of Science in Physical Education and Sports Didactics;
  • Master of Science in Health sciences;
  • All MASs (PhD programmes).

Huquqshunoslik yo'nalishida "xalqaro va qiyosiy huquq" hamda "huquq nazariyasi" sohalarida o'qimoqchi bo'lganlarning arizalari qabul qilinadi.

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar

  1. Nomzod Shveytsariya fuqarosi bo'lmasligi va UNIL qabul talablariga javob berishi;
  2. Bakalavr darajasiga ega bo'lishi;
  3. Akademik natijalarining yuqori bo'lishi;
  4. Til sertifikati (fransuz tili B2 yoki ingliz tili C1);
  5. Ariza uchun 200,00 CHF to'lovini amalga oshirish.

Batafsil hujjatlar ro'yxati bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin. Shuningdek, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olish orqali xalqaro ta'lim standartlari haqida tushunchaga ega bo'ling.

MUHIM ESLATMA: Beriladigan stipendiya Shveytsariyada yashash xarajatlarini to'liq qoplamaydi. Talabalar har semestrdagi 80 CHF to'lovni o'zlari qoplashlari shart. O'qishda sustkashlik qilgan talabalar stipendiyadan mahrum etilishi mumkin.

Dastur haqida to'liq ma'lumot: SHU YERDA.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar