European Forum Alpbach 2022 dasturi haqida
Har yili tashkil etiladigan Alpbach Yevropa Forumi butun dunyodan yosh iste’dod egalarini qamrab oladi. Bu yilgi forum 2022-yil 21-avgustdan 2-sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Dastur doirasida talabalar va yosh mutaxassislar ilmiy, ijodiy hamda mahoratga yo‘naltirilgan seminarlarda qatnashish imkoniga ega bo‘ladilar.
Dastur mazmuni va format
Grant egalari har biri bir hafta davom etadigan ikkita seminarni tanlashlari mumkin. Darslar ertalab bo‘lib o‘tadi, tushdan keyin esa panellar va plenar bahslar tashkil etiladi. Eslatma: Nomzodlar 20-avgust kuni o‘tkaziladigan ochilish marosimida ishtirok etishlari shart.
Nomzodlar uchun talablar
- Avval ushbu forumda qatnashmagan bo‘lish;
- Ingliz tili B2 darajasi yoki IELTS 5.5 sertifikati;
- 18-30 yosh oralig‘ida bo‘lish;
- Ijtimoiy faollik va ko‘ngillilik tajribasiga ega bo‘lish.
Grantning afzalliklari
- Turar joy xarajatlari to‘liq qoplanadi;
- Kunlik oziq-ovqat xarajatlari uchun mablag‘ ajratiladi;
- Forumda qatnashish to‘lovlari to‘liq qoplanadi.
Eslatma: Avstriyaga borish va qaytish safar xarajatlari ishtirokchining o‘z zimmasida.
Kerakli hujjatlar
- Ingliz tilini tasdiqlovchi sertifikat;
- Diplom (ingliz, nemis yoki fransuz tillarida);
- CV/Resume;
- Motivatsion xat.
Muhim sanalar
Arizalar 31-martga qadar qabul qilinadi. Natijalar may oyida e’lon qilinadi. Ariza shaklini to‘ldirishdan oldin barcha hujjatlaringizni tayyorlab oling.
Siz talabalar uchun mo‘ljallangan boshqa dasturlar va abituriyentlar uchun foydali maslahatlarni saytimizda kuzatib borishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.