Davlat granti kvotalari taqsimoti qanday o'zgardi?
Talabalar va abituriyentlar uchun ta'lim tizimida muhim yangilik e'lon qilindi. Endi davlat grantini OTMlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi.
Bu o'zgarish nimani anglatadi?
Mutaxassislarning tushuntirishicha, endi davlat grantlari ma'lum bir universitet uchun emas, balki aniq yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi belgilanadi va respublika bo‘yicha eng yuqori ball to‘plaganlar, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Abituriyentlar uchun muhim jihatlar:
- Grantlar OTM emas, balki yo‘nalish kesimida taqsimlanadi.
- Yuqori ball to‘plaganlar ustunlikka ega bo‘ladi.
- Bitta OTMda grant o‘rinlari haddan tashqari ko‘payib ketmasligi uchun 50% lik cheklov o‘rnatiladi.
Qaysi yo‘nalishlarda grant o‘rinlari ko‘proq ekanligini bilish uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Shuningdek, o'z bilimingizni sinab ko'rish uchun DTM standartidagi test tizimi yordamida tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.
Bu tizim raqobatni kuchaytirib, ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.