Davlat granti: GPA tizimi va yangi talablar
Oliy ta’lim tizimida davlat granti ajratish tartibi tubdan o‘zgardi. 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) grantda o‘qish imkoniyatini belgilaydi. Bu o‘zgarishlar talabalar uchun muhim yangilik hisoblanadi.
Yangi tartib kimlarga taalluqli?
- 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab qabul qilingan 1-kurs bakalavr talabalari.
- Magistratura 1-kurs talabalari.
Muhim: 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalariga ushbu o‘zgarish taalluqli emas. Ularning grant maqomi o‘zgarishsiz qoladi. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot qidirayotgan bo'lsangiz, tizimdagi o'zgarishlarni kuzatib borishingiz tavsiya etiladi.
Kimlarga grantni saqlab qolish sharti qo'yilmaydi?
Quyidagi toifadagi talabalar uchun yangi tartib istisno hisoblanadi:
- Imtiyoz asosida grantga kirganlar (olimpiada g‘oliblari, davlat mukofoti sohiblari va h.k.).
- Maqsadli qabul orqali kirgan talabalar (4 yillik kafolat).
- To‘liq davlat granti asosidagi mutaxassisliklar va 1 yillik magistratura dasturlari.
- Magistratura bosqichidagi ayollar (kontrakt summasi davlat tomonidan to‘lanadi).
Grantni qayta tiklash imkoniyati
Agar talaba grantdan ayrilgan bo‘lsa, u yana davlat grantiga da’vogar bo‘la oladimi? Ha, GPA 3.5 va undan yuqori bo‘lgan talaba keyingi o‘quv yilida yana grant olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Grant o‘rinlari har yili iyul-avgust oylarida qayta taqsimlanadi. O‘qish davomida yaxshi natija ko‘rsatganlar grantni saqlab qoladi yoki qayta tiklaydi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.