eMaktab.uz: Baholanmagan dars uchun o‘qituvchiga haq to‘lanmaydi

eMaktab.uz tizimida darslarni o‘z vaqtida baholash tartibi va o‘qituvchilar uchun belgilangan yangi talablar haqida ma’lumot oling.

5
eMaktab.uz: Baholanmagan dars uchun o‘qituvchiga haq to‘lanmaydi

eMaktab.uz platformasida darslarni baholash tartibi

O‘qituvchilar diqqatiga: eMaktab.uz tizimida o‘quvchilarni o‘z vaqtida baholash majburiy hisoblanadi. Agar dars belgilangan vaqt oralig‘ida baholanmasa yoki davomat belgisi qo‘yilmasa, bu o‘qituvchi tomonidan dars o‘tilmagan deb hisoblanadi va ushbu soat uchun haq to‘lanmaydi.

Baholash va davomatni qayd etish muddatlari

Platformada ma'lumotlarni kiritish uchun quyidagi vaqtlar belgilangan:

  • 1 smenali maktablar uchun: soat 9:00 dan 21:00 gacha;
  • 2 smenali maktablar uchun: joriy kundan ertasi kuni soat 13:00 gacha.

O‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini samarali tashkil etishlari uchun pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlariga oid yangiliklardan xabardor bo‘lishlari tavsiya etiladi.

Sinf rahbari va fan o‘qituvchisi uchun ko‘rsatmalar

Sinf rahbarlari "bir kunlik jurnal"da fanlar ostidagi "PR" ustuniga davomat belgilarini kiritishlari shart. Shuningdek, o‘quvchilarning maktab darsliklari bilan ta'minlanganligi va dars jarayonidagi ishtiroki nazorat qilinadi.

Davomat belgilari tartibi:

  • s — sababsiz dars qoldirganlik;
  • dq — sababli dars qoldirganlik;
  • k — kasallik sababli qoldirish;
  • kq — kechikib kelish;
  • m — surunkali dars qoldirish;
  • ch — ruxsatsiz chet elga chiqib ketish;
  • q — ota-ona qarshiligi;
  • ns — ota-ona nazoratsizligi;
  • tq — turmushga chiqqanlik.

Fan o‘qituvchilari esa dars boshlanishida o‘quvchilarning davomatini onlayn tarzda (s va kq belgilari bilan) qayd etib borishlari lozim.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar