O'quv markazi va Xususiy OTMlar diqqatiga: Kunlik 50,000+ maqsadli auditoriyaga chiqing. Taklif bilan tanishish →

InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Eʼzozxon Karimova – maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Eʼzozxon Karimova — Oʻzbekistonning ta’lim sohasida uzoq yillik tajribaga ega davlat arbobi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

8
Eʼzozxon Karimova – maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Eʼzozxon Karimova — Oʻzbekistonning ta’lim sohasida uzoq yillik tajribaga ega davlat arbobi. U 2025-yil 31-iyuldan buyon Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Qisqacha ma’lumot

  • Lavozimi: Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
  • Lavozimga tayinlangan sana: 2025-yil 31-iyul
  • Tug‘ilgan yili: 1973-yil
  • Tug‘ilgan joyi: Namangan tumani, Namangan viloyati
  • Ma’lumoti: Oʻzbekiston Milliy universitetini (falsafa fakulteti)
  • Fuqaroligi: O‘zbekiston

Ta’lim va ilmiy faoliyati

Eʼzozxon Karimova 1990-yilda Hamid Olimjon nomidagi umumta’lim maktabini tamomlab, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining falsafa fakultetiga o‘qishga kirgan. 1996-yilda oliy ta’limni yakunlab, aspiranturada tahsilni davom ettirgan.

2003-yilda ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy faoliyati davomida o‘nlab ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar va monografiyalar muallifi sifatida tanilgan.

Mehnat faoliyati

Eʼzozxon Karimovaning mehnat faoliyati umumta’lim maktablaridan boshlangan. U o‘qituvchi, metodist, boshqaruv lavozimlarida ishlagan holda ta’lim tizimining turli bosqichlarida tajriba to‘plagan.

Keyingi yillarda u:

  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda rahbarlik lavozimlarida,
  • Prezident ta’lim muassasalari tizimida mas’ul mutaxassis,
  • “Yangi O‘zbekiston” universitetida prorektor,
  • Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida direktor maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan.

2025-yil 7-may kuni u maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi. Oradan ko‘p o‘tmay, 2025-yil 31-iyulda vazir lavozimiga tasdiqlandi.

Ilmiy va jamoatchilik faoliyati

Eʼzozxon Karimova rahbarligida oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalarni tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan. U turli ilmiy grantlarda ishtirok etgan, shuningdek notiqlik va jamoatchilik faoliyati bilan ham tanilgan.

umidjonu
MUALLIF

umidjon

Javoblar (0 )