Chet tili sertifikatisiz bu 29 ta yo‘nalishga topshirib bo‘lmaydi

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab 1-fani chet tili bo‘lgan 29 ta yo‘nalishga hujjat topshirish uchun sertifikat majburiy. Batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.

4
Chet tili sertifikatisiz bu 29 ta yo‘nalishga topshirib bo‘lmaydi

Chet tili sertifikati bo‘lmasa 29 ta yo‘nalishga hujjat topshirib bo‘lmaydi

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab, 1-fani chet tili deb belgilangan bakalavriat yo‘nalishlariga hujjat topshirish uchun milliy yoki xalqaro chet tili sertifikati majburiy bo‘ladi. Bu talab O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida amalga oshiriladi.

Sertifikat bo‘lmasa nima bo‘ladi?

❌ Agar abituriyentda tegishli til bo‘yicha sertifikat bo‘lmasa, hujjat topshirish imkoniyati bo‘lmaydi. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovi o‘tkazilmaydi, shuning uchun sertifikat bo‘lmagan abituriyentlar tanlovdan avtomatik chetlatiladi.

Bu kimlarga tegishli?

📌 1-fani “Chet tili” deb yozilgan yo‘nalishlar: har qanday til bo‘yicha tasdiqlangan sertifikat o‘tadi.
📌 1-fani aniq belgilangan ingliz, nemis yoki fransuz tili bo‘lsa: aynan shu til bo‘yicha sertifikat talab qilinadi.

Nima qilish kerak?

  • IELTS, TOEFL, CEFR, TestDaF, DELF va boshqa ruxsat etilgan milliy sertifikat sanalari hamda xalqaro sertifikatlar ro‘yxatidan birini olish zarur.
  • Sertifikat qabul davrida amal qilayotgan bo‘lishi kerak.

Rasmda ko‘rsatilgan 29 ta yo‘nalish aynan 1-fan sifatida chet tili ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlaridir. O‘zingiz tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talablarni oldindan tekshirib olishingiz tavsiya etiladi. Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar