Buyuk Britaniyada magistratura: To’liq grant yutib oling

Lids universitetining Dean’s International Excellence Scholarship dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada bepul o’qish imkoniyatini qo’lga kiriting.

3
Buyuk Britaniyada magistratura: To’liq grant yutib oling

Buyuk Britaniyada magistratura: Dean’s International Excellence Scholarship

Buyuk Britaniyaning nufuzli Lids universiteti biznes maktabi xalqaro talabalar uchun Dean’s International Excellence Scholarship grant dasturini e’lon qildi. Bu dastur magistratura bosqichida a’lochi talabalarga to‘liq moliyaviy yordam ko‘rsatishni maqsad qilgan.

Grantning afzalliklari

Ushbu grant dasturi g‘olibiga magistratura bosqichida o‘qish uchun to‘lov puli 100% miqdorida qoplab beriladi.

Ariza berish jarayoni

Grantni qo‘lga kiritish uchun quyidagi qadamlarni bajarish kerak:

  • Lids universiteti biznes maktabining magistratura dasturlaridan biriga rasmiy sayt orqali ariza topshiring va qabul qilinganlik xatini oling.
  • Qabul xatini olgach, grant uchun onlayn ariza shaklini to‘ldiring.

Nomzodlar uchun asosiy talab

Nomzodlar nima uchun aynan ular ushbu grantga munosib ekanliklarini asoslovchi 750 so‘zgacha bo‘lgan insho yozishlari shart. Inshoni avval DOC/DOCX formatida tayyorlab, so‘ngra ariza shakliga ko‘chirib o‘tkazish tavsiya etiladi.

Muhim ma'lumotlar

Ta’lim sohasidagi yangiliklarni kuzatib boring hamda talabalar uchun va abituriyentlar uchun mo‘ljallangan foydali manbalarimiz bilan tanishib chiqing.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar