Yuridik universitetlarga perevod: qaysi fanlardan imtihon bo’ladi?

Yuridik yo’nalishlarga o’qishni ko’chirish (perevod) imtihonlari qanday fanlardan olinadi? Joriy tartib va vazirlik qarorlari haqida batafsil ma’lumot.

12
Yuridik universitetlarga perevod: qaysi fanlardan imtihon bo’ladi?

Yuridik universitetlarga o'qishni ko'chirish (perevod) tartibi

Talabalar va abituriyentlar uchun o'qishni ko'chirish jarayoni bo'yicha muhim yangilik e'lon qilindi. Ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol: yuridik yo'nalishlarga "perevod" uchun qaysi fanlardan imtihon olinadi?

Imtihon fanlari qanday belgilanadi?

O‘qishni ko‘chirish imtihonida bir yil oldingi qabulda yo‘nalishlarga qaysi fanlardan imtihon olingan bo‘lsa, aynan o'sha fanlardan imtihon olinadi. Masalan, yuridik yo‘nalishlarga 2022/2023-yilgi qabulda tarix va ingliz tilidan imtihon olingan. Shu sababli, bu yilgi "perevod"chilar uchun ham aynan shu fanlar dolzarb hisoblanadi. Huquqshunoslik fanidan imtihon olinmaydi.

Muhim eslatma

  • Imtihon fanlari o'tgan yilgi qabul mezonlariga asoslanadi.
  • Oliy ta’lim vazirligi 15-iyulgacha har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq fanlar ro‘yxatini e’lon qiladi.
  • Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
  • Talabalar uchun barcha yangiliklarni kuzatib borish muhim.

Eng aniq ma'lumotni vazirlik tomonidan e'lon qilinadigan rasmiy qarorlardan olishingiz mumkin. Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar