2024-yil OTMga kirish: Imtihondan so‘ng yo‘nalish tanlash tartibi

2024/2025-o‘quv yilidan OTMga kirish tartibi o‘zgardi. Endi abituriyentlar avval test topshirib, so‘ngra to‘plagan bali asosida yo‘nalish tanlaydi. Batafsil o‘qing.

3
2024-yil OTMga kirish: Imtihondan so‘ng yo‘nalish tanlash tartibi

2024-yilda OTMga kirish tartibi qanday bo‘ladi?

Abituriyentlar uchun muhim yangilik: 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga kirishda yangi tizim joriy etilmoqda. Endilikda abituriyentlar imtihonni topshirib, natijalarni bilganlaridan so‘nggina oliygoh va yo‘nalish tanlash imkoniga ega bo‘ladilar.

"Avval test, so‘ng tanlov" tamoyili

Prezident qaroriga muvofiq, qabul jarayonlari yanada shaffof va adolatli bo‘lishi uchun "avval test, so‘ng tanlov" tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu shuni anglatadiki:

  • Abituriyentlar avval test sinovlarida ishtirok etishadi;
  • Test natijalari e’lon qilingach, to‘plangan ballardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

O‘zingizga mos kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz. Shuningdek, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan eng so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring.

Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar