O’qishni ko’chirish 2024: To’lov miqdori va imtiyozlar

O’qishni ko’chirish imtihonlarida qatnashish uchun to’lov miqdori qancha? Kimlar to’lovdan ozod etiladi? Barcha muhim ma’lumotlar bilan ushbu maqolada tanishing.

•Yangilandi: 08.04.2026•1 daqiqa mutolaa•37 marta ko'rildi
O’qishni ko’chirish 2024: To’lov miqdori va imtiyozlar

O'qishni ko'chirish uchun to'lov miqdori qancha?

Oliy ta'lim muassasalariga o'qishni ko'chirish bo'yicha imtihonlarda qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) yarim baravari miqdorida to'lov amalga oshirilishi belgilangan. Hozirgi kunda BHM 340 ming so'mni tashkil etishi inobatga olinsa, to'lov miqdori 170 ming so'mni tashkil etadi.

To'lovdan ozod qilinadigan toifalar

Quyidagi toifaga kiruvchi shaxslar o'qishni ko'chirish imtihonlari uchun to'lovdan ozod etiladilar:

  • Nogironligi bo'lgan shaxslar;
  • To'liq davlat ta'minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
  • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

O'qishni ko'chirish va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olish uchun talabalar uchun mo'ljallangan bo'limimizni kuzatib boring. Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MAQOLA MUALLIFI
Umidjon Esirgapov
Infoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar