Abituriyentlar uchun muhim yangilik: Bir xil ball to‘planganda nima bo‘ladi?
Ko‘plab abituriyentlarni bir savol qiziqtiradi: agar grant yoki kontraktning eng oxirgi chizig‘ida bir necha abituriyent bir xil ball to‘plasa, ulardan qaysi biri o‘qishga kirgan hisoblanadi?
Bir xil ball to‘planganda kvota qoidalari
Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida ballar teng kelib qolganda quyidagi tartib amal qiladi:
- Davlat granti: Agar 10 ta o‘ringa mo‘ljallangan grant uchun 9, 10 va 11-o‘rindagi abituriyentlar bir xil ball to‘plasa, ularning barchasi davlat grantiga qabul qilinadi va ular uchun qo‘shimcha joy ajratiladi.
- Kontrakt asosida: Xuddi shu qoida kontrakt asosidagi o‘rinlar uchun ham amal qiladi. Kirish chizig‘ining oxirida kvotadan ko‘proq bo‘lgan abituriyentlar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, barchasi o‘qishga qabul qilinadi va qo‘shimcha kvota ajratiladi.
Qoidalar qaysi bosqichlarda amal qiladi?
Ushbu tartib ham bakalavriat, ham magistratura bosqichlari uchun birdek amal qiladi. Abituriyentlar uchun mo‘ljallangan foydali maslahatlar va yangiliklar bilan tanishib borish, qabul jarayonidagi chalkashliklarning oldini oladi.
Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.