Abituriyentlar uchun 5 ta yo‘nalishni tanlash tartibi
Ta’lim sohasidagi so’nggi yangiliklar va abituriyentlar uchun muhim qoidalarga ko‘ra, tanlangan yo‘nalishlarni o‘zgartirish imkoni yo‘q.
5 ta yo‘nalishdan istalgan birini tanlab bo‘ladimi?
Ko‘pchilik abituriyentlar beshta yo‘nalishga ham balli yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qishim mumkin deb o‘ylaydi. Bu xato fikr. Abituriyentlar hujjat topshirayotganda yo‘nalishlarni ketma-ketlikda tanlashgan va ustuvorlikni allaqachon belgilab bo‘lishgan.
Natijalar qanday aniqlanadi?
- Yakuniy javoblar chiqqandan keyin o‘qishga kirgan yo‘nalishni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
- Tizim avtomatik ravishda belgilangan ustuvorlik (grant yoki kontrakt) asosida yo‘nalishni aniqlaydi.
- Kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilinganda, mandat.uzbmb.uz saytida yashil, ko‘k yoki sariq rang bilan belgilangan yo‘nalish sizning haqiqiy natijangiz hisoblanadi.

Kelgusi yildagi o‘zgarishlar
Kelgusi yildan boshlab tizim o‘zgaradi: abituriyent avval test topshiradi, keyin esa o‘z balliga qarab yo‘nalish tanlaydi. Biroq, joriy yilda bunday imkoniyat mavjud emas.
Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.