O'zbekistonda 3 yillik bakalavriat yo'nalishlari
Abituriyentlar va talabalar uchun muhim yangilik: pedagogik oliy ta’lim muassasalarida 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilandi. Bu o'zgarish kelajakda pedagog kadrlarni tezroq tayyorlash va ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan.
3 yillik o'qish muddati belgilangan yo'nalishlar
Agar siz mazkur yo'nalishlarda o'qishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, avvalo kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi. Quyidagi yo'nalishlarda bakalavriat ta'limi 3 yil davom etadi:
- Musiqa ta’limi;
- Jismoniy madaniyat;
- Texnologik ta’lim;
- Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;
- Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport.
Oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonlari va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun abituriyentlar uchun mo'ljallangan ruknimizni kuzatib boring. Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalar asosida taqdim etildi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.