Prezidentning 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-son qarori bilan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yangi fakultet tashkil etiladi.
Qaror "Urbanizatsiya va uy-joy qurilishi sohasida islohotlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" deb nomlanadi.
Yangi fakultet qachon ish boshlaydi
2027/2028-o'quv yilidan boshlab Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tarkibida Zamonaviy urbanistika va aglomeratsiyalarni boshqarish fakulteti faoliyatini boshlaydi.
Fakultet qanday yo'nalishlarga ixtisoslashadi
Mazkur fakultet quyidagi yo'nalishlar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi:
- urbanizatsiya va shaharsozlik
- aglomeratsiyalarni kompleks boshqarish
- shahar iqtisodiyoti
- yerdan samarali foydalanish
- uy-joy bozorini rivojlantirish
- shahar infratuzilmasini rejalashtirish
- hududlarni barqaror rivojlantirish
Fakultet nafaqat yangi kadrlar tayyorlaydi, balki mavjud mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ham xizmat qiladi.
Boshqaruv tizimi
Milliy qo'mita raisi lavozimiga ko'ra Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi. Kuzatuv kengashi ta'lim dasturlarini amaliyot bilan uyg'unlashtirish, davlat organlari va xususiy sektor bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda bitiruvchilarni sohaviy tashkilotlarga yo'naltirish choralarini ko'radi.
Yana qanday o'zgarishlar bo'ladi
Qarorga muvofiq, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi Milliy qo'mita tizimidagi Toshkent urbanistika, geodeziya va kadastr texnikumi etib qayta tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Milliy qo'mita huzurida Urbanistika, arxitektura va loyihalashtirish kreativ parki ham tashkil etiladi. Xalqaro tajribalarni joriy etish uchun BMTning "UN-Habitat" dasturi bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi.
Raqamli tizimdagi yangiliklar
Qurilish bosqichlarini kuzatib borish uchun "Uy-joy" yagona raqamli urbanizatsiya platformasida maxsus raqamli pasportlar joriy etiladi:
- Istiqbolli qurilish hududining yagona identifikatori
- Loyihaning raqamli pasporti
- Kapital qurilish obyekti raqamli pasporti
Ushbu tizim "Shaffof qurilish" bilan integratsiya qilinadi. 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab yagona identifikatorda identifikatsiya raqami olmasdan qurilishni boshlash uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi.
Ta'lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklar va rasmiy e'lonlarni InfoEdu.uz saytida o'qishingiz mumkin.
Reklama











Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.