Alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar bilan oilabay ishlash yo’lga qo’yiladi

Alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish uchun oilabay ishlash tizimi joriy etiladi. Prezident qarori tafsilotlari.

Alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar bilan oilabay ishlash yo’lga qo’yiladi

Alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalarni ta'lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi Prezident qarori (PQ-292-son, 04.08.2026) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalarni ta'lim, ijtimoiy yordam va xizmatlarga jalb qilish bo'yicha "oilabay" ishlash tizimi joriy etiladi.

Ijtimoiy xodim qanday ishlaydi?

Reklama

Yangi tizimda ijtimoiy xodim tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:

  • ota-onaga bolani ta'lim va ijtimoiy xizmatlarga jalb etish bo'yicha amaliy ko'mak ko'rsatib borish;
  • bolaning ta'lim va ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotganligini doimiy ravishda monitoring qilish;
  • zaruratga ko'ra bolani boshqa ijtimoiy yordam va xizmatlarga jalb qilish choralarini ko'rish.

3–18 yoshdagi bolalarning ehtiyoji qanday aniqlanadi?

3–18 yoshdagi bolalarning alohida ta'limga ehtiyojini aniqlash va davlat ta'lim muassasalariga yo'naltirish "Inson" markazlarining Bola kompleks baholash guruhi (baholash guruhi) tomonidan amalga oshiriladi.

Baholashda quyidagi mezonlardan foydalaniladi:

  • bolaning ta'limga ehtiyojini baholash psixologik-pedagogik diagnostik mezonlar asosida;
  • funksional imkoniyati, kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash nogironlikni baholash shkalasining mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirilgan mezonlari asosida.

Baholash guruhi faoliyati 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Navoiy va Xorazm viloyatlarida yo'lga qo'yiladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq nogironligi bor bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo'lga qo'yilgani haqida yozgan edik. InfoEdu.uz alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yoritishda davom etadi.

Alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalarni ta'lim, ijtimoiy yordam va xizmatlarga jalb qilish bo'yicha "oilabay" ishlash tizimi 2026-yil 1-sentabrdan boshlab joriy etiladi.
3-18 yoshdagi bolalarning ehtiyojini aniqlash "Inson" markazlarining Bola kompleks baholash guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Baholash psixologik-pedagogik diagnostik mezonlar va nogironlikni baholash shkalasi asosida o'tkaziladi.
Baholash guruhi faoliyati 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Navoiy va Xorazm viloyatlarida yo'lga qo'yiladi. Keyinchalik tizim boshqa hududlarga ham kengaytiriladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar