Toshkentdagi 15 yoshdan katta yoshlar uchun «Sefer» loyihasining 5-mavsumiga qabul boshlandi. Bir oy davom etadigan loyiha doirasida ishtirokchilar kitob mutolaasi, jamoaviy o‘yinlar, mentorlar bilan uchrashuvlar va turli rivojlantiruvchi tadbirlarda qatnashadi.
Loyiha ishtirokchilari nimalar bilan shug‘ullanadi
«Sefer» yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda liderlik va professional ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida ochilgan loyiha hisoblanadi. Bir oylik dastur davomida kitobxonlik, jamoaviy ishlash va shaxsiy rivojlanishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Kimlar qatnashishi mumkin
- loyiha yoshi 15 dan oshgan talabgorlarni qabul qiladi;
- loyihaning barcha oflayn tadbirlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi, shu sababli poytaxtda yashaydigan yoki loyiha davomida Toshkentda bo‘la oladigan talabgorlar qabul qilinadi;
- ishtirokchilarning asosiy qismini poytaxtdagi turli oliy ta’lim muassasalari talabalari tashkil etadi.
Loyiha tarixi va shartlari
Bugunga qadar loyihaning to‘rt mavsumi o‘tkazilgan, ayni vaqtda 5-mavsum uchun qabul ochiq. «Sefer»da ishtirok etish mutlaqo bepul — ariza berishda ham, ishtirok etishda ham to‘lov talab qilinmaydi.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring