Eng faol kitobxon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi
24-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda kitobxonlikni ommalashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Ta’kidlanishicha, axborot oqimi kuchaygan davrda yoshlarning mutolaa madaniyatini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shu maqsadda maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot berish tartibi joriy etiladi.
“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi tashkil etildi
Kitobxonlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun maxsus “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi tuzildi.
Jamg‘arma orqali:
- eng iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtmalar beriladi;
- bir yil davomida har oy 20 million so‘mdan haq to‘lanadi;
- eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga va milliy asarlarni xorijiy tillarga tarjima qilish xarajatining 50 foizi qoplanadi.
100 ta eng yaxshi asar maktablarga yetkaziladi
Mutasaddilarga yangi o‘quv yiliga qadar eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini shakllantirib, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish topshirildi.
Bu tashabbus o‘quvchilarning sifatli adabiyotlarga kengroq kirish imkoniyatini ta’minlashga qaratilgan.
Kitob savdosiga imtiyozli ssuda
Kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga 3 yil muddatga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur chora-tadbirlar yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish va kitob bozorini kengaytirishga qaratilgan.









Javoblar (0 )