«Milliy kitobxonlik harakati»da ishtirok etish uchun o'qilishi kerak bo'lgan kitoblar ro'yxati e'lon qilindi. Tanlov 1-11-sinf o'quvchilari o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa savodxonligini oshirish va yoshlarning bilimga bo'lgan qiziqishini rag'batlantirishga qaratilgan umummilliy tanlov hisoblanadi. Bu haqda Ta'lim vazirligining rasmiy kanalida xabar berildi.
Tanlov ishtirokchilari 3 ta toifaga ajratiladi: 1-5-sinflar, 6-8-sinflar hamda 9-11-sinflar. Har bir toifa uchun mutolaa qilinishi lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yxati belgilangan. Muhim jihati shundaki, barcha adabiyotlar «Mutolaa» ilovasida mavjud, ya'ni o'quvchilar kitoblarni elektron shaklda ham o'qishi mumkin.
1-5-sinflar uchun tavsiya etilgan kitoblar
Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun 20 ta kitob tavsiya etilgan. Ro'yxatda o'zbek xalq ertaklari, jahon bolalar adabiyotining mashhur namunalari va zamonaviy o'zbek yozuvchilari asarlari o'rin olgan.
| No | Kitob nomi | Muallif |
|---|---|---|
| 1 | Amir Temur haqida hikoyalar | To'lqin Hayit |
| 2 | Alamazon | Anvar Obidjon |
| 3 | O'zbek xalq ertaklari | To'plam |
| 4 | Uch og'ayni botirlar | O'zbek xalq ertaklari |
| 5 | Ikki karra - ikki besh | O'tkir Hoshimov |
| 6 | Vinni Pux va uning sarguzashtlari | Alan Aleksandr Miln |
| 7 | Uch baqaloq | Yuriy Olesha |
| 8 | Buyuk sayohatchilar | Mixail Zoshchenko |
| 9 | Ulug'bek yulduzlar saltanatida | Otabek Quvvatov |
| 10 | Quyonlar saltanati | Xudoyberdi To'xtaboyev |
| 11 | Baron Myunxauzenning sarguzashtlari | Erix Raspe |
| 12 | Sehrli qalpoqcha | Xudoyberdi To'xtaboyev |
| 13 | Meshpolvon jangga otlandi | Anvar Obidjon |
| 14 | Buratino va uning sarguzashtlari | Aleksey Tolstoy |
| 15 | Pinokkioning boshidan kechirganlari | Karlo Kollodi |
| 16 | Maugli | Redyard Kipling |
| 17 | Mittivoy va Karlson | Astrid Lindgren |
| 18 | Bilmasvoy va do'stlarining boshidan kechirganlari | Nikolay Nosov |
| 19 | Bir bor ekan, pul bor ekan | Namoz Sa'dullayev |
| 20 | Vaqtni qo'yib yuboring! | Janni Rodari |
6-8-sinflar uchun tavsiya etilgan kitoblar
O'rta sinf o'quvchilari uchun 50 ta kitob tavsiya etilgan. Bu ro'yxat avvalgisidan kengroq bo'lib, o'zbek va jahon adabiyotining sara asarlarini o'z ichiga oladi.
| No | Kitob nomi | Muallif |
|---|---|---|
| 1 | To'maris | Mirkarim Osim |
| 2 | Maugli | Kipling |
| 3 | Falak | Tohir Malik |
| 4 | Tom Soyerning boshidan kechirganlari | Mark Tven |
| 5 | Chipollinoning sarguzashtlari | Janni Rodari |
| 6 | Navoiyni o'qigan bolalar | Erkin A'zam |
| 7 | Oygul bilan Baxtiyor | Hamid Olimjon |
| 8 | Yovvoyi yo'rg'a | Ernest Seton-Tompson |
| 9 | Ezop masallari | Ezop |
| 10 | Lobo | Ernest Seton-Tompson |
| 11 | Galaktikada bir kun | Sa'dulla Qurbonov |
| 12 | Oq kema | Chingiz Aytmatov |
| 13 | Zulmat ichra nur | Mirkarim Osim |
| 14 | Shirin qovunlar mamlakati | Xudoyberdi To'xtaboyev |
| 15 | Uch og'ayni botirlar | O'zbek xalq ertaklari |
| 16 | Kichkina shahzoda | Antuan de Sent-Ekzyuperi |
| 17 | Paxmoq | Normurod Norqobilov |
| 18 | Bo'sh kelma, Aliqulov! | Farhod Musajonov |
| 19 | O'g'ituvchi odam bo'lgan ekan | Ayzek Azimov |
| 20 | Meshpolvon jangga otlandi | Anvar Obidjon |
| 21 | Yulduzlar mangu yonadi | Tog'ay Murod |
| 22 | Jelsomino yolg'onchilar mamlakatida | Janni Rodari |
| 23 | Qor odam | Hans Kristian Andersen |
| 24 | Pinokkioning boshidan kechirganlari | Karlo Kollodi |
| 25 | Bolalik | Oybek |
| 26 | Otamga nimadir bo'ldi | Isajon Sulton |
| 27 | Hellados | Nodar Dumbadze |
| 28 | Sherlok Xolms haqida hikoyalar | Artur Konan Doyl |
| 29 | Sariq devni minib | Xudoyberdi To'xtaboyev |
| 30 | Mungli ko'zlar | Xudoyberdi To'xtaboyev |
| 31 | Mittivoy va Karlson | Astrid Lindgren |
| 32 | G'aroyib bolalar | Aziz Nesin |
| 33 | Gulliverning sayohatlari | Jonatan Svift |
| 34 | Shum bola | G'afur G'ulom |
| 35 | Jayhun ustida bulutlar | Mirkarim Osim |
| 36 | Chol va dengiz | Ernest Xeminguey |
| 37 | Xo'jand qal'asi | Mirmuhsin |
| 38 | O'tmishdan ertaklar | Abdulla Qahhor |
| 39 | Kalila va Dimna | Hind xalq eposi |
| 40 | Mehrobdan chayon | Abdulla Qodiriy |
| 41 | Qulayotgan tog'lar | Chingiz Aytmatov |
| 42 | Otamdan qolgan dalalar | Tog'ay Murod |
| 43 | Temur tuzuklari | Amir Temur |
| 44 | Shubha | Robindranath Thakur |
| 45 | Singan oyna | Agata Kristi |
| 46 | O'tror | Mirkarim Osim |
| 47 | Alpomish dostoni | Xalq og'zaki ijodi |
| 48 | Vabo | Alber Kamyu |
| 49 | Sohibqiron nabirasi | Xurshid Davron |
| 50 | Alkimyogar | Paulo Koelo |
9-11-sinflar uchun tavsiya etilgan kitoblar
Yuqori sinf o'quvchilari uchun ham 50 ta kitob tavsiya etilgan. Ro'yxatda mumtoz adabiyot, jahon klassikasi va zamonaviy asarlar jamlangan. Eslatib o'tamiz, farzand kitob o'qishni xohlamasa, ota-onalar qanday qadamlar qo'yishi haqida avvalroq yozgan edik.
| No | Kitob nomi | Muallif |
|---|---|---|
| 1 | Bir vijdon uyg'onur | Ahmad Lutfiy Qozonchi |
| 2 | Avlodlar dovoni | Pirimqul Qodirov |
| 3 | Odam bo'lish qiyin | O'lmas Umarbekov |
| 4 | Turkiy guliston yoxud axloq | Abdulla Avloniy |
| 5 | Sohilsiz dengiz | Ahmad Muhammad Tursun |
| 6 | Molxona | Jorj Oruel |
| 7 | Qorako'z Majnun | Said Ahmad |
| 8 | Gorio ota | Onore de Balzak |
| 9 | Andisha va g'urur | Jeyn Ostin |
| 10 | Oltin zanglamas | Shuhrat |
| 11 | Saddi Iskandariy | Alisher Navoiy |
| 12 | Qutadg'u bilig | Yusuf Xos Hojib |
| 13 | Don Kixot sarguzashtlari | Migel de Servantes Saavedra |
| 14 | Iliada | Homer |
| 15 | Jaziramadagi odamlar | Luqmon Bo'rixon |
| 16 | Martin Iden | Jek London |
| 17 | Ruhlar isyoni | Erkin Vohidov |
| 18 | Yoz yomg'iri | O'lmas Umarbekov |
| 19 | Bilga xoqon | Isajon Sulton |
| 20 | O'nta negr bolasi | Agata Kristi |
| 21 | Ilohiy komediya | Dante Aligeri |
| 22 | Puankare | Abduqayum Yo'ldoshev |
| 23 | Otam haqida | Habibulla Qodiriy |
| 24 | Abulfayzxon | Abdurauf Fitrat |
| 25 | Qissasi Rabg'uziy | Nosiriddin Rabg'uziy |
| 26 | Qiyomat | Chingiz Aytmatov |
| 27 | Xamsa | Alisher Navoiy |
| 28 | Mening Dog'istonim | Rasul Hamzatov |
| 29 | Chinor | Asqad Muxtor |
| 30 | Alvido, qurol | Ernest Xeminguey |
| 31 | Ityurak | Mixail Bulgakov |
| 32 | Ikki eshik orasi | O'tkir Hoshimov |
| 33 | O'tkan kunlar | Abdulla Qodiriy |
| 34 | Ey Vatan, ezgu Vatan | Tavallo |
| 35 | Maymun yetaklagan odam | Nazar Eshonqul |
| 36 | Tirilish | Lev Tolstoy |
| 37 | Taras Bulba | Nikolay Gogol |
| 38 | Iqrornoma | Lev Tolstoy |
| 39 | Ufq | Said Ahmad |
| 40 | Yulduzli tunlar | Pirimqul Qodirov |
| 41 | Avlodlar dovoni | Pirimqul Qodirov |
| 42 | Boburnoma | Zahiriddin Muhammad Bobur |
| 43 | Umidlar dashti | Tohir Malik |
| 44 | Jinoyat va jazo | Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy |
| 45 | Yevgeniy Onegin | Aleksandr Sergeyevich Pushkin |
| 46 | Bonu | Iqbol Mirzo |
| 47 | Menkim, Sohibqiron Jahongir Temur | Marsel Brion |
| 48 | Ultonboz | Olim Toshboyev |
| 49 | Raqamli qal'a | Den Braun |
| 50 | Marsga hujum | Rey Bredberi |
















