Yengil sanoat va tadbirkorlik universiteti tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Toshkent toqimachilik va yengil sanoat instituti negizida yangi davlat universiteti tashkil etilmoqda. Talabalarga yangi diplom beriladi.

Yengil sanoat va tadbirkorlik universiteti tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, poytaxtimizda Toshkent davlat yengil sanoat va tadbirkorlik universiteti tashkil etilishi kutilmoqda.

Yangi universitet Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti negizida tashkil etiladi. Bu haqda Pressuzb Telegram kanali xabar bermoqda.

Talabalar o'qishi qanday davom etadi

Hozirgi vaqtda institutda tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini yangi tashkil etilayotgan universitetda davom ettiradi.

Muhim yangilik shundaki, 2025/2026-o'quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda universitet diplomi beriladi.

Universitetning asosiy maqsadi

Yangi oliy ta'lim muassasasi yengil sanoat, to'qimachilik, dizayn va tadbirkorlik sohalari uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan kadrlar tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Ta'lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklar va rasmiy e'lonlarni InfoEdu.uz saytida o'qishingiz mumkin.

Universitet Toshkent toqimachilik va yengil sanoat instituti negizida tashkil etiladi va Toshkent davlat yengil sanoat va tadbirkorlik universiteti deb nomlanadi.
Institutda tahsil olayotgan barcha talabalar oqishini yangi universitetda davom ettiradi. Ularning oqish bosqichi yoki shartnomalarida hech qanday salbiy ozgarish bolmaydi.
2025/2026-oquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda yangi tashkil etilgan universitet diplomi taqdim etiladi.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar