AQSH xorijlik talaba va jurnalistlar vizasini chekladi

AQSH hukumati xorijlik talabalar vizasini 4 yil, jurnalistlar vizasini 240 kungacha cheklovchi qoidalarni qabul qildi. Oqish tugagach AQSHni tark etish muddati 30 kunga qisqartirildi.

AQSH xorijlik talaba va jurnalistlar vizasini chekladi

AQSH hukumati xorijlik talabalar, madaniy almashinuv dasturi ishtirokchilari va jurnalistlar uchun viza muddatlarini cheklovchi yangi qoidalarni qabul qildi.

AQSH Ichki xavfsizlik departamenti (DHS) tomonidan qabul qilingan yakuniy qoidaga ko'ra, F (talaba), J (almashinuv) va I (jurnalist) vizalari endi aniq muddat bilan rasmiylashtiriladi.

Yangi viza muddatlari

Reklama

Viza turi Yangi muddat
Xalqaro talabalar (F viza) 4 yilgacha
Almashinuv dasturlari (J viza) 4 yilgacha
Xorijiy jurnalistlar (I viza) 240 kungacha
Xitoy fuqarolari jurnalistlar 90 kungacha

Ilgari ushbu vizalar TALIM dasturi yoki ish faoliyati davom etgan muddatgacha amal qilar edi.

Qo'shimcha talablar

Magistratura va doktorantura talabalariga ruxsatsiz boshqa muassasaga o'tish yoki ta'lim maqsadini o'zgartirish taqiqlanadi.

O'qishni tamomlagan talabalar AQSHni tark etishi yoki boshqa maqomga o'tishi uchun beriladigan muddat 60 kundan 30 kunga qisqartirildi. Mamlakatda qolishni istaganlar DHSga murojaat qilishi yoki qayta viza olishi kerak.

Nega bunday qaror qabul qilindi

DHS bu o'zgarishlarni talabalar vizasi bilan kiruvchilar sonining keskin oshgani bilan izohladi. 2024-yilda 1,8 milliondan ortiq talaba vizasi bo'yicha kirish qayd etilgan — bu avvalgi yilga nisbatan 11 foizga ko'p. 2024-moliya yilida 500 mingdan ortiq almashinuv ishtirokchilari va 37 mingdan ziyod jurnalistga viza berilgan.

Biroq yangi qoidalar ekspertlar tanqidiga uchramoqda. Cato Institute direktori David J. Bierning fikricha, cheklovlar xalqaro talabalar uchun qiyinchilik tug'diradi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi esa tartibni kamsituvchi deb baholamoqda.

Tartib Federal reyestrda e'lon qilinganidan so'ng 60 kundan keyin kuchga kiradi. AQSH vizasini olish haqida avvalroq batafsil ma'lumot berilgan edi.

Jahon ta'limiga oid yangiliklar va foydali maqolalarni InfoEdu.uz orqali kuzatishingiz mumkin.

Yangi qoidaga kora xalqaro talabalar uchun F vizasi eng kopi bilan 4 yil muddatga beriladi. Almashinuv dasturlari (J viza) uchun ham 4 yil muddat belgilangan.
Xorijiy jurnalistlar uchun I vizasi 240 kungacha beriladi. Xitoy fuqarolari bolgan jurnalistlar uchun esa bu muddat 90 kun bilan cheklangan.
Oqishni tamomlagan talabalar AQSHni tark etishi yoki boshqa maqomga otishi uchun avval 60 kun berilgan bolsa, endi bu muddat 30 kunga qisqartirildi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar