Mutaxassislik fanlari bo'yicha test savollari taqsimoti
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fan bloki testlari aniq foizlarda mavzular bo‘yicha taqsimlanadi. Bu ma’lumot abituriyentlar uchun tayyorgarlikni to‘g‘ri yo‘naltirish va strategik rejalashtirish uchun juda muhimdir.
Mutaxassislik fanlari kesimida foizli taqsimot
1. Ona tili va adabiyot
- Ona tili — 60%
- Adabiyot — 40%
2. Matematika
- Sonlar va ular ustida amallar — 25%
- Funksiya va algebraik ifodalar — 35%
- Hosila, integral va ularning tadbiqlari — 10%
- Geometriya — 30%
3. Tarix
- Siyosiy tarix — 50-60%
- Ijtimoiy-iqtisodiy tarix — 10-20%
- Madaniy hayot — 10-15%
- Amaliy topshiriqlar — 20-25%
4. Fizika
- Mexanika — 35%
- Molekulyar fizika va termodinamika — 25%
- Elektromagnitizm — 30%
- Atom va yadro fizikasi (optika, nisbiylik nazariyasi) — 10%
Nima uchun bu taqsimotni bilish muhim?
Mazkur taqsimotni bilish abituriyentlarga tayyorgarlik jarayonini optimallashtirish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va testlarda yuqori natijaga erishish imkonini beradi. Masalan, matematika fanida funksiya va algebraik ifodalar 35% ulushga ega bo‘lsa, ushbu mavzularga ko‘proq e’tibor qaratish tavsiya etiladi.
O'zingiz tanlagan yo'nalishlar bo'yicha kirish ballari va imtihon talablari bilan batafsil tanishib chiqing. Shuningdek, samarali tayyorgarlik uchun DTM standartidagi test tizimi orqali o'z bilimingizni sinab ko'rishingiz mumkin.
Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.