Abituriyent telefon raqamini yo'qotib qo'ysa, qanday yo'l tutish kerak?
OTMga hujjat topshirish jarayonida abituriyentlarda telefon raqami bilan bog'liq muammolar yuzaga kelishi mumkin. Quyida bunday vaziyatlarda nima qilish kerakligini tushuntiramiz.
1-vaziyat: Qabul boshlanguniga qadar raqamni yo'qotish
Agar siz my.uzbmb.uz saytida ro'yxatdan o'tgan raqamingizni yo'qotgan bo'lsangiz, yangi raqam orqali qayta ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Bunda shaxsiy identifikatsiya raqamingizni (JSHSHIR) kiritganingizda, barcha ma'lumotlaringiz avtomatik tarzda yangi raqamga biriktiriladi.
Abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar: abituriyentlar uchun barcha yangiliklar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan tanishib chiqing.
2-vaziyat: Qabul boshlangandan keyin raqamni yo'qotish
20-iyundan keyin, ya'ni qabul jarayoni boshlangach, telefon raqamini yo'qotib qo'ysangiz, uni mustaqil ravishda o'zgartira olmaysiz. Bunday holatda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
- Bilimlarni baholash agentligining hududiy bo'limlariga murojaat qilish;
- Agentlik xodimi orqali telefon raqamini tizimda yangilash.
📍 Agentlikning hududiy bo'limlari manzillarini aniqlashtirib, o'z vaqtida murojaat qiling.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.