Abituriyent so‘zining asl ma’nosi nima?
Abituriyentlar va bo‘lajak talabalar uchun qiziqarli va foydali ma’lumotlar. Ko‘pchilik abituriyent so‘zini ishlatadi, ammo uning asl kelib chiqishi haqida hamma ham bilavermaydi.
Abituriyent so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, "ketishga chog‘langan kishi" degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z dastlab nemis tilida paydo bo‘lib, keyinchalik rus tili orqali o‘zbek tiliga kirib kelgan. Hozirgi kunda bu atama ko‘proq sobiq ittifoq davlatlarida qo‘llanilib, dunyo miqyosida kamroq ishlatiladi.
Talaba so‘zining etimologiyasi
Oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtida tahsil olayotgan yoshlar "talaba" deyiladi. Arab tilidan o‘zlashgan ushbu so‘z tilimizda uzoq vaqtdan beri mavjud. Uning asl ma’nosi "so‘rovchi", "talab qiluvchi" yoki "ilm izlovchi" deganidir.
Foydali manbalar
Agar siz ham yaqin kelajakda talaba nomiga sazovor bo‘lishni istasangiz, quyidagi manbalardan unumli foydalaning:
- Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishing.
- Barcha abituriyentlar uchun kerakli qo‘llanma va yangiliklarni kuzatib boring.
Hamma abituriyentlarimizga tezroq talaba bo‘lish nasib qilsin! Siz bu ma’lumotni bilarmidingiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.