Abituriyentlar uchun yo'nalish tanlash bo'yicha muhim yo'riqnoma
Test imtihonlari yakunlangach, abituriyentlar oldida eng mas'uliyatli bosqich — 5 tagacha ta'lim yo'nalishini tanlash jarayoni turibdi. Bu jarayonda to'g'ri qaror qabul qilish kelajakdagi talabalik taqdiringizni belgilab beradi.
Siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqib, o'z imkoniyatlaringizni baholashingiz mumkin.
Yo‘nalish tanlashda ustuvorliklar
Abituriyentlar yo‘nalish tanlashda ikki xil ustuvorlikdan birini tanlashi mumkin:
- Davlat granti ustuvorligi: Bunda abituriyent tanlagan barcha yo‘nalishlarida avval grant, keyin esa to‘lov-kontrakt asosida saralanadi.
- Ta’lim yo‘nalishi ustuvorligi: Bunda abituriyent har bir yo‘nalish bo‘yicha avval grant, so‘ngra kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Agar siz abituriyentlar uchun barcha yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, saytimizni kuzatib boring.
Masalan, "faqat grantga kirishim kerak" degan abituriyent birinchi variantni, "tanlagan sohamda o'qishim shart" deganlar esa ikkinchi variantni tanlagani ma'qul. Siz qaysi yo'lni tanlaysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.