9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari vaqti va fanlari tasdiqlandi

Maktab bitiruvchilarining bu yilgi davlat imtihonlari 26-maydan 15-iyunga qadar belgilangan majburiy va tanlov fanlari doirasida o‘tkaziladi.

453
9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari vaqti va fanlari tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan 2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Yakuniy attestatsiya imtihonlari 2026-yil 26-maydan 15-iyungacha o‘tkazilishi belgilandi.

9-sinflar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

  • Ona tili va adabiyot / Davlat tili
  • Matematika
  • O‘zbekiston tarixi
  • Jismoniy tarbiya

11-sinf bitiruvchilari (Jami 5 ta fan):

Majburiy fanlar: Ona tili va adabiyot, Matematika (asosiy yoki chuqurlashtirilgan), Tarix.
Tanlov fanlari (2 ta): Biologiya, Fizika, Kimyo, Huquq, Geografiya, Chet tili yoki Adabiyot.

Reklama

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar