66 yoshli otaxon talabalikka hujjat topshirdi: Ilmga yo’l

1958-yilda tug’ilgan Sohibjon Yuldashev Namangandagi UBS universitetiga hujjat topshirdi. Uning maqsadi – madaniy meros va bolalar turizmini rivojlantirish.

5
66 yoshli otaxon talabalikka hujjat topshirdi: Ilmga yo’l

66 yoshda talabalik sari: Ilmga chanqoqlik

Oliy ta'lim olish uchun hech qachon kech emasligini 66 yoshli yurtdoshimiz isbotlamoqda. 1958-yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida tavallud topgan Yuldashev Sohibjon Komiljonovich Namangandagi UBS (University of Business Science) nodavlat oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirdi.

Nega aynan turizm yo'nalishi?

Sohibjon ota bir necha yillardan buyon o‘z hududida madaniy merosni asrash va rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda. O‘z faoliyatini ilmiy asosda davom ettirish maqsadida u universitetning “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishini tanladi.

Bo‘lajak talabaning so‘zlariga ko‘ra: “Universitetga o‘qishga kirishimdan asosiy maqsad — O‘zbekistonda madaniy merosni himoya qilishni kuchaytirish va bolalar turizmini rivojlantirishdir”.

Abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar

Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Ilm olish istagidagi otaxonimizga omad tilab, izoh qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar