2024-yilgi test sinovlari statistikasi: Abituriyentlar ishtiroki
Bilimni baholash agentligi joriy yildagi test sinovlari yakunlari bo'yicha rasmiy ma'lumotlarni e'lon qildi. Unga ko'ra, 737 ming 351 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashishi kerak edi, ammo ularning bir qismi imtihonga yetib kelmadi yoki qoidabuzarlik sababli chetlashtirildi.
Xususan, 65 ming 243 nafar abituriyent test jarayoniga kelmagan bo'lsa, 94 nafar abituriyent turli qoidabuzarliklar tufayli testdan chetlashtirildi. Agar siz ham kelgusi yillarda yuqori natijalarga erishmoqchi bo'lsangiz, DTM standartidagi test tizimi yordamida o'z bilimingizni sinab ko'ring.
Hududlar kesimida abituriyentlar taqsimoti
Test sinovlariga kirgan abituriyentlarning hududlar bo'yicha statistikasi quyidagicha:
- Samarqand — 87 570
- Q
- Qashqadaryo — 84 874
- Farg'ona — 73 146
- Andijon — 59 951
- Surxondaryo — 57 199
- Toshkent viloyati — 56 188
- Qoraqalpog'iston — 51 502
- Namangan — 46 480
- Jizzax — 43 232
- Xorazm — 41 854
- Toshkent shahri — 39 518
- Buxoro — 38 084
- Navoiy — 32 725
- Sirdaryo — 25 028
Abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar, xususan, oliygohlar kirish ballari haqida batafsil ma'lumot olish uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.