2024-yilgi test natijalari tahlili
Joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 151 ming nafarga kamayganini ko‘rsatadi.
Test natijalari bo‘yicha muhim statistikalar
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilgi natijalar quyidagicha:
- 345 ming 869 nafar (46,9%) abituriyent 56,7 balldan past natija qayd etdi.
- 391 ming 482 nafar (53,1%) abituriyent esa 56,7 balldan yuqori natijaga erishdi.
O‘tgan yil bilan solishtirganda, 56,7 ball to‘play olmaganlar ulushi 2,5 foizga kamaydi, ya'ni ta'lim sifati bo‘yicha ijobiy o‘sish kuzatilmoqda. Agar siz ham kelgusi yillarda yuqori natijaga erishmoqchi bo‘lsangiz, DTM standartidagi test tizimi orqali o‘z bilimingizni sinab ko‘ring.
Hududlar kesimida ta'lim sifati
Eng yomon ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida (51,8%) qayd etilgan bo‘lsa, eng yuqori natija Toshkent shahriga (35,9%) tegishli. O‘tgan yili 8 ta hududda 50 foizdan ortiq abituriyent 56,7 balldan past natija ko‘rsatgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 4 ta hududga tushdi.
Siz o‘zingizni qiziqtirgan kirish ballari yo'nalishlar kesimida batafsil tahlil qilishingiz mumkin.
| Hudud | Yaxshilanish foizi |
|---|---|
| Toshkent shahri | 4,9% |
| Toshkent viloyati | 4,9% |
| Jizzax | 3,7% |
| Buxoro | 3,5% |
| Sirdaryo | 3,1% |
Umuman olguman olganda, barcha hududlarda ijobiy o‘sish kuzatilmoqda va natijasi yomonlashgan hudud qayd etilmadi. Ta'lim sohasidagi yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.