2025-yilgi test sinovlari uchun to‘lov miqdori
2025-yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari va o‘qishni ko‘chirish (perevod) test sinovlarida qatnashish uchun belgilangan to‘lov miqdori 187 500 so‘m etib belgilandi. Bu ko‘rsatkich Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50 foizi asosida shakllantirilgan.
Joriy yilda BHM 375 000 so‘mni tashkil etishi munosabati bilan, abituriyentlar uchun to‘lov o‘tgan yilgi 170 000 so‘mdan 187 500 so‘mga oshdi. Tayyorgarlik jarayonida kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Kimlar test to‘lovidan ozod etiladi?
Quyidagi toifadagi abituriyentlar test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirishdan ozod etiladi:
- Joriy yilda maktab, litsey yoki kollejni tamomlayotgan bitiruvchilar;
- 1-, 2- yoki 3-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatga olinganlar va ularning farzandlari;
- “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olingan yoshlar.
Yuqoridagi imtiyozli toifalarga kirmagan abituriyentlar hamda o‘qishini boshqa OTMga ko‘chirishni istaganlar belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishlari shart. Boshqa foydali ma’lumotlar va yangiliklar uchun abituriyentlar uchun bo‘limini kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.