2025-yilgi qabul jarayoni: bosqichlar va muhim sanalar

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish qoidalari bilan tanishing. Hujjat topshirish bosqichlari va muhim muddatlar haqida ma’lumot.

4
2025-yilgi qabul jarayoni: bosqichlar va muhim sanalar

2025/2026-o‘quv yili qabul jarayoni: nimalarni bilish kerak?

2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Amaldagi tartibga ko‘ra, hujjatlar ikki bosqichda qabul qilinadi va jarayon 5-iyundan boshlanishi kutilmoqda.

1-bosqich: Fanlarni tanlash

Abituriyentlar dastlabki bosqichda quyidagilarni amalga oshiradilar:

  • O‘qishni istagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon topshiriladigan fanlarni tanlaydi;
  • Bu bosqich 5-iyun – 25-iyun oralig‘ida (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Eslatma: Bu bosqichda abituriyent hali OTM yoki ta’lim shaklini tanlamaydi — faqat test topshiriladigan fanlar belgilanadi.

2-bosqich: OTM va yo‘nalish tanlash

Kirish test sinovlari yakunlangach, 15 kun ichida abituriyentlar quyidagilarni tanlaydi:

  • OTM nomi;
  • Ta’lim yo‘nalishi;
  • Ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki).

Tanlov jarayonida oliygohlar kirish ballari bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Kollej va texnikumlar uchun tartib

Kollej yoki texnikumda o‘qishni istagan abituriyentlar oliygohlarga qabul yakuniy natijalari e’lon qilingandan so‘ng, 10 kun ichida kasb/mutaxassislik va ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

Ta’lim sohasidagi so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar