2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va fanlar majmuasi tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda ularga mos test sinovlari yoki kasbiy (ijodiy) imtihonlar majmuasi rasman tasdiqlandi. Ushbu yangilik abituriyentlar, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.
Fanlar majmuasi nima uchun muhim?
To‘g‘ri tanlangan fanlar majmuasi abituriyentlarning oliy ta'lim muassasalariga kirish imkoniyatini oshiradi. Tayyorgarlikni boshlashdan avval kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishish tavsiya etiladi. Shuningdek, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qo‘llanmalarimiz orqali o‘z bilimingizni mustahkamlang.
- Abituriyentlar: Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha aniq fanlarni bilish va tayyorgarlikni rejalashtirish.
- O‘qituvchilar: O‘quvchilarni yo‘nalishga mos fanlardan tizimli tayyorlash.
- Ota-onalar: Farzandining o‘qish jarayonini muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash.
Bakalavriat yo‘nalishlari va fanlar majmuasi ro‘yxati
| T/r | Yo’nalish kodi | Bakalavriat taʼlim yo’nalishlari nomi | 1-fan | 2-fan |
|---|---|---|---|---|
| 1 | 60110100 | Pedagogika | Tarix | Ona tili va adabiyoti |
| 2 | 60110200 | Maktabgacha taʼlim | Biologiya | Ona tili va adabiyoti |
| 3 | 60110300 | Maxsus pedagogika: logopediya | Biologiya | Ona tili va adabiyoti |
| 8 | 60110400 | Boshlang’ich taʼlim | Ona tili va adabiyoti | Matematika |
| 9 | 60110700 | O’zbek tili va adabiyoti | O’zbek tili va adabiyoti | Chet tili |
| 16 | 60110900 | Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili | Ingliz tili | Ona tili va adabiyoti |
| 67 | 60310300 | Psixologiya | Biologiya | Ona tili va adabiyoti |
| 73 | 60410100 | Iqtisodiyot | Matematika | Chet tili |
| 87 | 60420100 | Yurisprudensiya | Huquqshunoslik fanlari | Chet tili |
| 105 | 60610400 | Dasturiy injiniring | Matematika | Fizika |
* Izoh: Taʼlim yo’nalishlari nomi o’zgarganda, shuningdek, yangi yo’nalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli o’zgartirishlar kiritiladi.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.