2024/2025-yil uchun yangi chet tili sertifikatlari ro‘yxati
Abituriyentlar va talabalar uchun muhim yangilik: 2024-yil 29-maydagi 3515-sonli qarorga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga kirishda tan olinadigan chet tili sertifikatlari ro‘yxati yangilandi.
B2 darajali sertifikat bilan maksimal ball
Endilikda B2 va undan yuqori darajadagi xalqaro yoki milliy sertifikatga ega abituriyentlar chet tili fanidan maksimal 3,1 ballni avtomatik tarzda qo‘lga kiritadilar. Bu qoida kirish ballari yo'nalishlar kesimida taqdim etilgan talablarga mos kelishi shart.

Agar sizda hali sertifikat bo'lmasa, milliy sertifikat sanalari bilan tanishib, imtihonlarga ro'yxatdan o'tishingiz tavsiya etiladi.
Sertifikat qachon majburiy bo‘ladi?
Yangi tartibga ko‘ra:
- Agar tanlangan yo‘nalishda chet tili 1-fan sifatida belgilangan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishga faqat sertifikati bor abituriyentlar hujjat topshira oladi.
- Boshqa hollarda sertifikat mavjudligi imtihon topshirmasdan maksimal ball olish huquqini beradi.
Tan olinadigan xalqaro va milliy sertifikatlar
Quyidagi tillar bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatlar qabul qilinadi:
- Ingliz tili: Milliy sertifikat, TOEFL iBT (72+), Cambridge English (FCE, CAE, CPE), IELTS Academic (5.5+).
- Fransuz tili: Milliy sertifikat, DELF (B2), DALF (C1, C2).
- Nemis tili: Goethe-Zertifikat, TestDaF, DSD II.
- Ispan tili: DELE, SIELE.
- Boshqa tillar: Arab, italyan, xitoy, yapon, koreys, turk va boshqa sharq tillari bo‘yicha tegishli B2 darajali sertifikatlar.
Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.