2022-yilda talabalikka kirish uchun o‘rtacha necha ball kerak bo‘ldi?

2022-yilda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar va bitiruvchilarning o‘rtacha ballari qancha bo‘lgani haqida batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.

3
2022-yilda talabalikka kirish uchun o‘rtacha necha ball kerak bo‘ldi?

2022-yilda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha natijalari

Oliy ta’lim muassasalariga kirishda abituriyentlar uchun oliygohlar kirish ballari eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Davlat test markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha balli 101,2 ballni tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha eng yuqori natijalar quyidagicha:

  • Buxoro viloyati — 107,63 ball;
  • Farg‘ona viloyati — 106,52 ball;
  • Xorazm viloyati — 104,3 ball;
  • Toshkent shahri — 103,43 ball;
  • Namangan viloyati — 102,32 ball.

2022-yil bitiruvchilarining o‘rtacha ballari

Joriy yil bitiruvchilari uchun o‘rtacha ko‘rsatkichlar biroz yuqoriroq bo‘ldi. Bu boradagi batafsil ma'lumotlarni abituriyentlar uchun mo‘ljallangan sahifamizdan kuzatib borishingiz mumkin. Bitiruvchilar orasida eng yuqori natija qayd etgan hududlar:

  • Buxoro viloyati — 117,45 ball;
  • Farg‘ona viloyati — 115,64 ball;
  • Toshkent shahri — 113,28 ball;
  • Navoiy viloyati — 113,11 ball;
  • Namangan viloyati — 111,55 ball.

Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr-mulohazalaringizni izohlar qismida qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar