Talabalar yotoqxonasi: 15-avgustdan taqsimot boshlanadi

2- va undan yuqori kurs talabalari uchun yotoqxona taqsimoti 15-avgustdan boshlanadi. Arizalarni topshirish tartibi va ustuvorliklar haqida ma’lumot oling.

4
Talabalar yotoqxonasi: 15-avgustdan taqsimot boshlanadi

Talabalar turar joyiga joylashish tartibi va muddatlari

2- va undan yuqori kurs talabalari uchun talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha dastlabki taqsimot 15-avgust sanasidan boshlanadi. Joriy yilning 1-avgustidan 15-avgustigacha kelib tushgan arizalar asosida saralash o‘tkaziladi.

Talabalar uchun muhim bo‘lgan ushbu jarayonda ayrim toifadagi yoshlarga ustuvorlik beriladi. Shuningdek, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarga qiziqayotgan abituriyentlar ham yangiliklardan boxabar bo'lishlari tavsiya etiladi.

Kimlarga ustuvorlik beriladi?

Talabalar turar joylariga quyidagi toifadagi talabalar birinchi navbatda qabul qilinadi:

  • “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
  • Bir oiladan ikki va undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar;
  • Xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
  • “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” tanlovlari g‘oliblari;
  • “Zakovat” intellektual o‘yini respublika bosqichi g‘oliblari;
  • Talabalar kengashi raisi va qavat sardorlari.

Muhim eslatmalar

Ustuvorlik asosidagi taqsimotdan so‘ng, qolgan o‘rinlar navbat asosida taqsimlanadi. Yakuniy taqsimot 25-avgustda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1006 yoki 71-207-16-60 ishonch telefonlariga murojaat qiling.

Eslatma: Bakalavriat kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotganlar to'liq joylashtirilgunga qadar, boshqa ta'lim shakli, magistratura va doktorantura talabalarini yotoqxonaga joylashtirishga yo'l qo'yilmaydi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar