16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari ID karta olishi shart
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi barcha bitiruvchilar va ularning ota-onalariga muhim murojaat bilan chiqdi. 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida ID karta olishlari talab etiladi.

Nima uchun ID karta kerak?
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, abituriyentlarning abituriyentlar uchun yaratilgan elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tishi va OTMga hujjat topshirishi uchun ID karta ma’lumotlari bazaga kiritilishi shart. Aks holda, abituriyentlar jarayonda qatnasha olmaydi.
Maktab ma’muriyati va ota-onalar diqqatiga
Vazirlik quyidagi choralarni ko‘rishni so‘raydi:
- Ota-onalar: 16 yoshga to‘lgan farzandingizning o‘z vaqtida ID karta olishini ta’minlang.
- Maktab ma’muriyati: Bitiruvchilarning ID karta ma’lumotlarini e.shahodatnoma.uz portaliga kiritib, ularga ko‘mak bering.
Eslatib o‘tamiz, OTMlarga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar oliygohlar kirish ballari bilan oldindan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi. Ta’lim sohasidagi yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.