1-kurs talabalari uchun yotoqxona arizalari qabul qilinmoqda
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 1-kurs talabalari uchun quvonchli xabarni e'lon qildi. Endilikda talabalar turar joyiga joylashish uchun elektron ariza berish jarayoni rasman boshlandi.
Yotoqxonaga ariza topshirish tartibi
Talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Talabalar turar joyi axborot tizimi»ga to‘liq yuklandi. Endilikda 1-kurs talabalari quyidagi usullar orqali yotoqxonaga joylashish uchun ariza yuborishlari mumkin:
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn;
- Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga tashrif buyurib.
Bu jarayonlar talabalar uchun yaratilgan qulayliklardan biri bo'lib, ortiqcha qog'ozbozlik va navbatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.
Eslatma
Agar siz hali ham kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olishni istasangiz yoki o'qish jarayoni bo'yicha qo'shimcha savollaringiz bo'lsa, tegishli bo'limlarimizdan foydalanishingiz mumkin. Yotoqxonaga joylashish bo'yicha o'z fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.