AQShda tezlashtirilgan bakalavr dasturi: 9-sinfdan so'ng imkoniyat
AQSh universitetlarida ta'lim olishni istagan abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! Accelerated Degree Program dasturi yordamida maktabning 9-sinfini tugatib, atigi 4,5 yilda bakalavr darajasini qo'lga kiritish mumkin.
Dastur qanday ishlaydi?
Ushbu dastur Vashington shtatida amalga oshiriladi va vaqt hamda mablag'ni tejash imkonini beradi. Ta'lim bosqichlari quyidagicha:
- Til maktabi (6 oy): Intermediate darajasidagi ingliz tili va akademik ko'nikmalar (esse, loyihalar) o'zlashtiriladi.
- Seattle Central College (2 yil): Umumta'lim fanlari va asosiy yo'nalishlar tanlanadi.
- Universitet (2 yil): Kollejni bitirgach, talaba to'g'ridan-to'g'ri universitetning 3-kursiga qabul qilinadi.
Nima uchun bu qulay?
Seattle Central College'da o'qish davomida akademik maslahatchi sizga kirish ballari va yo'nalishlar bo'yicha yordam beradi, shuningdek, shaxsiy rivojlanish rejasini tuzadi. Bu tizim talabalarga o'z maqsadlariga tezroq erishishga xizmat qiladi.
Siz ushbu ta'lim dasturi haqida nima deb o'ylaysiz? O'z fikringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.