Yoshlar daftari: O‘quv kurslari uchun subsidiya olish tartibi

“Yoshlar daftari”ga kirganlar o‘quv markazlarida bepul o‘qishi mumkin. Subsidiya olish shartlari, to‘lov miqdori va kerakli hujjatlar haqida batafsil ma’lumot.

1
Yoshlar daftari: O‘quv kurslari uchun subsidiya olish tartibi

“Yoshlar daftari” yoshlar uchun qanday imkoniyatlar beradi?

Davlatimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘rgatish maqsadida “Yoshlar daftari” tizimi joriy etilgan. Ushbu dastur doirasida o‘quv markazlarida ta’lim olish uchun subsidiya ajratiladi.

Subsidiya miqdori va yo‘nalishlari

Dastur ikki xil yo‘nalishda moliyaviy yordamni nazarda tutadi:

  • Ilm-fan, sport va madaniyat: 6 oygacha bo‘lgan muddatda har oy uchun 1 BHM (330 ming so‘m) miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.
  • Zamonaviy kasblar va IT: Axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganish uchun 6 oygacha har oyda 4 BHM (1,3 mln so‘mgacha) subsidiya ajratiladi.

Subsidiya olish uchun nimalar kerak?

Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun quyidagi qadamlarni bajarish lozim:

  • Mahalla yoshlar yetakchisidan tavsiyanoma olish;
  • O‘quv markazi bilan tuzilgan shartnomani taqdim etish;
  • O‘z hududingizdagi tasdiqlangan o‘quv markazlaridan birini tanlash.

Eslatma: Subsidiya ajratilgach, yoshlar kursda muntazam qatnashishi shart va bu holat yoshlar yetakchisi tomonidan nazorat qilib boriladi. O‘z bilimingizni sinab ko‘rish yoki DTM standartidagi test tizimi yordamida tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishish kelgusi o‘qishlaringiz uchun foydali bo‘ladi. Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar