Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari bakalavriatda o'qish uchun yillik kontrakt to'lovining 30 foizini subsidiya sifatida qoplab olishi mumkin. Endi bu subsidiya uchun ariza my.gov.uz portali va mygov ilovasi orqali ham beriladi.
Subsidiya shartlari
Tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan belgilangan. Unga ko'ra:
Reklama
- Subsidiya davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga beriladi;
- Farzand respublika hududidagi oliy ta'lim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida o'qishi kerak;
- Yillik to'lov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi;
- Subsidiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmasligi kerak — BHM 440 ming so'm bo'yicha bu 6,6 million so'm demakdir.
Ariza berish tartibi
Ariza berish uchun my.gov.uz portali yoki mygov ilovasi orqali “Davlat tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontrakt qiymatini qisman qoplash” xizmati tanlanadi va ariza yuboriladi. Avvalroq arizalar subsidiya.imv.uz portali orqali qabul qilinar edi — subsidiya ajratish tizimi ishga tushgani haqida o'shanda yozgandik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring