Super-kontrakt 2024: Yetarli ball to‘play olmaganlar uchun

Abituriyentlar uchun super-kontrakt imkoniyatlari va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari haqida batafsil ma’lumot. O‘qishga kirish imkoniyatini boy bermang!

2
Super-kontrakt 2024: Yetarli ball to‘play olmaganlar uchun

Super-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar uchun davlat tomonidan super-kontrakt tizimi joriy etilgan. Bu tizim orqali abituriyentlar o‘z xohishlariga ko‘ra shartnoma asosida talabalikka qabul qilinishlari mumkin.

Super-kontrakt narxlari qanday belgilanadi?

To‘lov-kontrakt miqdori abituriyent to‘plagan ballning o‘tish ballidan qancha kamligiga qarab quyidagicha hisoblanadi:

  • 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa — oddiy kontraktning 1.5 barobari;
  • 1.1 balldan — 2.0 ballgacha yetmasa — oddiy kontraktning 2 barobari;
  • 2.1 balldan — 3.0 ballgacha yetmasa — oddiy kontraktning 2.5 barobari;
  • 3.1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa — oddiy kontraktning 3 barobari.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (minimal miqdor)

Agar abituriyentga 4.0 balldan ortiq ball yetmasa, biroq u sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun 75.6 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun 66.5 ball va undan ortiq natija qayd etgan bo‘lsa, u holda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdori to‘lanadi. Bu miqdor bazaviy kontraktning 8 barobaridan 25 barobarigacha bo‘lishi mumkin.

O‘zingiz tanlagan kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqishni unutmang. Abituriyentlar uchun barcha yangiliklar va qo‘shimcha ma’lumotlar infoedu.uz saytida muntazam yangilab boriladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar