9 va 11-sinf yakuniy nazorat imtihonlari
O'zbekiston umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quv yili yakunida o'tkaziladigan nazorat imtihonlari ro'yxati e'lon qilindi. Ushbu imtihonlar o'quvchilarning bilim darajasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabni bitirib, oliygohlar kirish ballari bilan qiziqayotgan abituriyentlar uchun ushbu imtihonlar tayyorgarlikning bir qismi hisoblanadi. Shuningdek, fanlarni chuqur o'zlashtirish uchun maktab darsliklarini yuklab olish imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin.
9-sinflar uchun yakuniy imtihon fanlari:
- Ona tili va adabiyot (yozma)
- Matematika (yozma)
- Davlat tili (taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan maktablar uchun)
- Tarix (og‘zaki)
- Jismoniy tarbiya (amaliy)
11-sinflar uchun yakuniy imtihon fanlari:
- Ona tili va adabiyot (yozma, insho)
- Matematika (yozma)
- O‘zbek tili (taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan maktablar uchun) (yozma, og‘zaki)
- O‘zbekiston tarixi (yozma, og‘zaki)
- Chet tili (yozma, og‘zaki)
- O‘quvchining tanlovi bo‘yicha: Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya (yozma)
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.