9 va 11-sinf yakuniy davlat attestatsiyasi tartibi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2022-2023 o‘quv yili uchun yakuniy nazorat imtihonlari ro‘yxatini tasdiqladi. Bitiruvchilar uchun abituriyentlar uchun muhim bo‘lgan ushbu jarayon joriy yilda 6 ta fan kesimida amalga oshiriladi.
9-sinf o‘quvchilari uchun imtihon fanlari
9-sinf bitiruvchilari quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:
- Ona tili va adabiyot (yozma, bayon);
- Matematika (yozma);
- O‘zbek tili yoki Rus tili (og‘zaki);
- Tarix (og‘zaki);
- Jismoniy tarbiya (amaliy);
- O‘quvchining tanlovi bo‘yicha fan (og‘zaki).
11-sinf o‘quvchilari uchun imtihon fanlari
11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy attestatsiya fanlari quyidagicha:
- Ona tili va adabiyot (yozma-insho);
- Matematika (yozma);
- O‘zbek tili yoki ta’lim muassasasi tanlovi (yozma va og‘zaki);
- Chet tili (yozma va og‘zaki);
- O‘zbekiston tarixi (og‘zaki);
- O‘quvchining tanlovi bo‘yicha fan (og‘zaki).
Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda maktab darsliklarini yuklab olish orqali bilimingizni mustahkamlab borishingiz mumkin. Vazirlikning 46-sonli buyrug‘iga ko‘ra, mazkur jarayon maktablarda yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bu yangilik sizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.














