Maktab imtihonlari 26-maydan boshlanadi
Maktab bitiruvchilari uchun 2025-yil yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishda maktab darsliklaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi.
🗓 Imtihon sanalari:
- 9- va 11-sinflar: 26-may – 15-iyun oralig‘ida
- 9-sinflarda jismoniy tarbiya: 1–6-may (amaliy shaklda)
- 11-sinflarda kasbiy ta’lim fani: 17–20-iyun (amaliy shaklda)
📝 Imtihon fanlari:
📚 9-sinf o‘quvchilari uchun:
- Ona tili va adabiyoti / Davlat tili — yozma
- Matematika — yozma
- O‘zbekiston tarixi — yozma yoki og‘zaki
- Jismoniy tarbiya — amaliy
📚 11-sinf o‘quvchilari uchun:
- Ona tili va adabiyoti / Davlat tili — yozma
- Matematika (asosiy yoki chuqurlashtirilgan) — yozma
- Tarix — yozma
- Tanlov fani — yozma
- Chet tili — yozma yoki og‘zaki
✅ Imtihondan ozod bo‘ladiganlar:
Milliy sertifikati yoki xalqaro tan olingan chet tili sertifikati mavjud o‘quvchilar tegishli fandan yakuniy imtihondan ozod qilinadi. Milliy sertifikat sanalari haqida ma'lumot olish orqali o'z imkoniyatlaringizni oshiring.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.