2023-yilgi maktab bitiruv imtihonlari haqida muhim yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan e'lon qilingan yangi tartibga ko'ra, joriy yilning may va iyun oylarida 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Imtihonlar jadvali va tartibi
Joriy yilgi imtihonlarda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini baholashga alohida e’tibor qaratiladi. Imtihonlar quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
- 9-sinf o‘quvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar: 1-6-may kunlari.
- 9- va 11-sinflar uchun yakuniy nazorat imtihonlari: 26-maydan 15-iyunga qadar.
Imtihon materiallari namunalari 2023-yilning 1-apreliga qadar vazirlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi. Tayyorgarlik jarayonida maktab darsliklarini yuklab olish orqali bilimingizni mustahkamlang.
Imtihonlardan ozod etilish shartlari
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat hamda chet tili bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar tegishli fan imtihonlaridan ozod etiladi. O'z vaqtida sertifikat olish uchun milliy sertifikat sanalari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.