9-sinf matematika attestatsiyasi: 5 va 7-variantlar tasdiqlandi

9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan attestatsiya qanday o’tadi? 5 va 7-variantlar, savollar taqsimoti va imtihon tartibi bilan batafsil tanishing.

9
9-sinf matematika attestatsiyasi: 5 va 7-variantlar tasdiqlandi

9-sinf matematika attestatsiyasi tartibi ma'lum bo'ldi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladigan attestatsiya imtihonlari bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi. Maxsus sayt orqali o‘tkazilgan qur’a tashlash jarayoniga ko‘ra, o‘quvchilar 5- va 7-variantlar asosida imtihon topshirishlari belgilandi.

Imtihon savollari va baholash tizimi

O‘quvchilarga bazaviy savollar asosida shakllantirilgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Har bir biletda jami 10 ta savol mavjud bo‘lib, ular quyidagicha taqsimlangan:

  • Algebra: 6 ta savol;
  • Geometriya: 4 ta savol.

Savollarning murakkablik darajasi quyidagicha:

  • 3 ta savol (2 algebra, 1 geometriya) – bilishga doir;
  • 5 ta savol (3 algebra, 2 geometriya) – qo‘llashga doir;
  • 2 ta savol (1 algebra, 1 geometriya) – mulohaza yuritishga doir.

Imtihon jarayonida javoblarni yozish uchun maktab shtampi bosilgan maxsus A4 formatdagi qog‘ozlardan foydalaniladi. O‘quvchilarga bilet savollariga javob berish uchun jami 180 daqiqa vaqt ajratiladi.

Foydali manbalar

Ta'lim jarayonini samarali tashkil etish va kelgusi bosqichlarga tayyorgarlik ko'rish uchun quyidagi manbalardan foydalanishingiz mumkin:

Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar