O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish hamda qamrovini kengaytirish chora-tadbirlari belgilandi. Ushbu muhim huquqiy hujjatga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilariga, huquqshunoslik faniga hamda kam uchraydigan chet tillari bo‘yicha alohida milliy sertifikatlar joriy etilishi rasman tasdiqlandi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat joriy etiladi
Hukumat qarori bilan boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaqa imtihonlarini o‘tkazish va sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilimi, o‘qitish metodikasi hamda pedagogik mahoratini aniqlash bo‘yicha imtihon jarayonlarini Agentlikning "onlayn test" axborot tizimi orqali tashkil etadi.
Reklama
Ushbu yangi va shaffof tizim boshlang‘ich ta‘lim sohasi pedagoglarining kasbiy mahorati va tayyorgarlik darajasini xolis baholashga xizmat qiladi. O‘qituvchilar xuddi kasbiy sertifikatlash sinovlari kabi o‘z fani bo‘yicha amaliy bilimi hamda pedagogik salohiyatini namoyon etib, yuqori ko‘rsatkich orqali sertifikatga ega bo‘lishlari va kelgusida ustama va har oylik maosh bo‘yicha moddiy rag‘batlantirilishlari ko‘zda tutilgan.
Huquqshunoslik fani va 11 ta chet tili bo‘yicha Multi-level testlar
Qarorga ko‘ra, talabgorlarning huquqiy savodxonligi hamda bilim darajasini baholash uchun huquqshunoslik fani bo‘yicha ham milliy sertifikat imtihonlari yo‘lga qo‘yiladi. Bunda test topshiriqlari umumiy o‘rta ta‘limning o‘quv dasturlari, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida shakllantirilishi belgilangan.
Shuningdek, xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uyg‘ur tillaridan chet tilini bilishning ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu o‘z navbatida kam uchraydigan va noyob chet tillarini o‘rganayotgan yoshlar hamda mutaxassislarga o‘z bilimi bo‘yicha rasmiy sertifikat olish va o‘qishga kirish imtihonlarida ushbu sertifikat imtiyozlaridan unumli foydalanish imkoniyatini ta‘minlaydi.
Imtiyozlar, imtihon to‘lovlari va elektron reestr tartibi
Hujjatda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda o‘qituvchilar uchun qator chegirmalar nazarda tutilgan. Xususan, Ijtimoiy reyestrning "kambag‘al oila" тоифасига киритилган оилалар аъзоларига hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan шахсларга davlat xizmati to‘lovining 50 foizi miqdorida chegirma beriladi. Ijtimoiy reyestrning "davlat ta‘minotidagi oila" тоифасидагилар uchun esa 75 foiz miqdorida chegirma qo‘llanilishi belgilab qo‘yildi.
Imtihon natijalari bo‘yicha berilgan milliy sertifikatlar elektron reestrga kiritib boriladi. Sertifikatning haqiqiyligini va muddatini Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali sertifikat raqamini kiritgan holda istalgan vaqtda onlayn tekshirish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatning to‘liq rasmiy matni hamda nizom tartibi bilan tanishish uchun faylni yuklab oling: Boshlang‘ich ta‘lim va huquqshunoslik bo‘yicha VM 411-son qarori (PDF)

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.