Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ishlayotgan stajor-o'qituvchilar hamda malaka toifasiga ega bo'lmagan pedagoglar kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etish uchun hujjatlarni 31-iyulga qadar topshirishlari mumkin.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xabariga ko'ra, arizalar 2026-yil 1–31-iyul kunlari davomida qabul qilinadi. Murojaatlar ikki yo'l orqali yuborilishi mumkin:
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn;
- Davlat xizmatlari markazlari orqali shaxsan.
Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori asosida joriy etilgan bo'lib, u umumiy o'rta ta'lim muassasalariga ilk bor ishga qabul qilingan stajor-o'qituvchilar hamda malaka toifasiga ega bo'lmagan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etishni nazarda tutadi.
Shuningdek, joriy yilning mart–iyun oylarida o'tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida 56 balldan kam natija qayd etgan yoki uzrli sabablarga ko'ra ishtirok eta olmagan stajor-o'qituvchilar ham ushbu bosqichda qayta hujjat topshirish imkoniyatiga ega.
Stajor-o'qituvchilar uchun kasbiy sertifikatlash tizimi haqida avval batafsil yoritgan edik — jarayonning barcha bosqichlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Pedagoglar uchun eng muhim yangiliklar va rasmiy e'lonlarni InfoEdu.uz saytida muntazam kuzatib boring.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.