Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkaziladigan joylar va manzillar

Pedagoglar uchun kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkaziladigan barcha hududiy markazlar manzillari va joylashuvi (lokatsiya) bilan tanishing.

20
Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkaziladigan joylar va manzillar

Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati

Kasbiy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish jarayonlari davom etmoqda. Pedagoglar uchun tashkil etilayotgan sinovlar respublikamizning barcha hududlaridagi maxsus markazlarda bo‘lib o‘tadi. Mazkur sinovlarga tayyorgarlik ko‘rish va pedagogik malakangizni oshirish uchun pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

Shuningdek, o‘z bilimingizni sinab ko‘rish uchun DTM standartidagi test tizimi orqali mashq qilishingiz mumkin.

Hududlar bo‘yicha sinov o‘tkaziladigan manzillar:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi (Nukus shahri, Ye.Alako‘z ko‘chasi 54-uy, mo‘ljal: MEGA NUKUS).

  • Andijon viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi (Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi 8-uy).

  • Buxoro viloyati: Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (“Choloki” MFY, Qasri Orifon aholi punkti 10-uy).

  • Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-umumtaʼlim maktabi (Kimyogar mahallasi, To‘qimachilar ko‘chasi 45-uy).

  • Qashqadaryo viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi (Qarshi shahar, Olimlar ko‘chasi 2-uy).

  • Navoiy viloyati: Navoiy shahar Barkamol avlod bolalar maktabi (Aloqa ko‘chasi 6-uy).

  • Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-umumiy o‘rta taʼlim maktabi (G‘ishtko‘prik MFY, Uychi ko‘chasi, 329-A uy).

  • Samarqand viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi (Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy).

  • Sirdaryo viloyati: Viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi (Guliston shahar, Navoiy shoh ko‘chasi 55-uy).

  • Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 26-umumiy o‘rta taʼlim maktabi (Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh).

  • Farg‘ona viloyati: Farg‘ona shahridagi 28-umumiy o‘rta taʼlim maktabi (A.Qodiriy ko‘chasi -13A).

  • Toshkent viloyati va Toshkent shahri: Pedagoglarning bilim va ko‘nikmalarini baholash markazi (Beruniy ko‘chasi 83-A-uy).

  • Xorazm viloyati: Urganch tumanidagi 36-umumtaʼlim maktabi (Mevazor MFY, Quvonch ko‘chasi 51-uy).

Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar